Dars ishlanmalar

Mavzu:Paskal  tilida  shakllar chizish imkoniyatlari.

Maqsad:

Darsning ta’limiy maqsadi: O’quvchilarda Paskal tilida  to’g’ri chiziq, aylana, to’g’ri to’rtburchak, ellips, siniq chiziq, parallelepiped va ko’pburchak chizish operatorlari  haqida  bilim va ko’nikma   hosil qilish.

Darsning  tarbiyaviy maqsadi : O’quvchilar bilan individual va guruhlarda ishlash orqali axloqiy, estetik, iqtisodiy tarbiya berish.

Darsning rivojlantiuvchi maqsadi:  Paskalning shakl chizish operatorlarini o’rgatish orqali,  ularning mustaqil fikrlash qobiliyati xotirasi, tafakkurini   va ilmiy dunyo qarashini o’stirish.

Dars tiri: Yangi bilimlar berish.
Dars shakli: interfaol

Darsda qo’llanadigan metod va usullar: “O’rningni top” “Raqamlar sinovi”,”Tushunchalar tahlili”, “Topgan topoloq”.
Dars jihozi: Kompyuterlar ,ko’rgazmalar,tarqatma materiallar,taqdimot slaydlar.

Darsning texnologik xaritasi

1 Tashkiliy qism. 3
2 O’tilgan mavzuni so’rash 7
3 Yangi mavzu bayoni. 16
4 Mustahkamlash. 15
5 Xulosa 2
6 Uyga vazifa 2

 

Darsning borishi.

I Tashkiliy qism.

O’quvchilar bilan salomlashib davomat aniqlangach,  sinf xonasi va o’quvchilar darsga tayyorgarligini tekshirib, darsni men I Karimovni

 

Farzandlarimizga
nafaqat ishonch bildirish,
balki  ularga o‘zini amalda namoyon etishi uchun maydonni kengaytirish kerak.      
 

      I.Karimov

 

So’zlari bilan darsni boshlaydi.

Tashkil qilib darsimiz,
Guruhlarda ishlaylik.
Javob berib savolga,
Nomimizni anglaylik.

“Nomimgni top” o’yini.

O’qituvchi tarqatma tayyorlagan kimga operatorlar tushsa Paskal guruhi, kimga  o’zgarmas yoki o’zgaruvchi tushsa Al Xorazmiy guruhiga o’tadi. Har bir tushuncha vazifasi o’quvchi tomonidan aytilishi lozim.

1.Uses crt 2. Begin 3.If then 4.Repeat 5.While 6.Putpixel 7.Getpixel  8.For to do 9.Integer

10.Real 11.Boolean  12.Single 13.Longint 14.Char  15.String 16.var

Guruhlarga ajralgach dars shiori bilan tanishtiriladi  va Alisher Navoiy va Bobur tavallud kunlari munosabati bilan shior ma’nosi qisqa yoritilib o’tiladi.

 

Shior:

Yigitlig’da  yig’ ilmning  mag’zini,

Qarilik chog’i xarj  qilg’il  ani.

(Alisher Navoiy)

Darsdan nima kutamiz.

  1. Sog’lom fikr.
  2. So’lom raqobat.
  3. Faollik
  4. Zaruriy xulosa chiqara olish.

II O’tilgan mavzuni so’rash. (Slaydlar yordamida)

Unutmoqlik  erur ilm ofati

Takrorlab tur har dam

Bor sharofati.

Avvalgi darsimizda Paskalda ekranni grafik holatga o’tkazish operatorlari bilan tanishgan edik. Olgan bilimlarimizni quyidagi “Raqamlar sinovi” o’yini orqali baholaylik. (Ekranda  1,2,3,…10 ta raqam namoyish  qilinadi) Guruhlardan bittadan o’quvchilar raqam tanlab berilgan cavolga javob berishlari kerak.

“Raqamlar sinovi” o’yini.

1-savol Ekranni grafik holatga  o’tkazishda qaysi moduldan foydalaniladi?

2-savol.  Ekranni grafik holatga o’tkazish operatorining umumiy ko’rinishini ayting.

3-savol.  Uses crt va uses graph modullarining farqi nimada?

4-savol. Nuqta chizish operatorining umumiy ko’rinishini ayting.

5-savol. grafik holatdan chiqish operatorining umumiy ko’rinishini ayting.

6-savol. Grafik holatda ekranda X va Y o’qlar qanchagacha cho’ziladi.

7-savol Nuqta rangini aniqlash operatorining umumiy ko’rinishini ayting.

8-savol. x  va y o’qidan eng katta nuqtani topish operatorlari.

9-savol. Ekran grafik holatda bo’lganda koordinatalar boshi  qayerda joylashadi?

10-savol. Paskalda gd va gm modellar qanday tavsiflanadi.

III Yangi mavzu bayoni.

Yangi mavzu yangi dunyo,
Unda bordir ming-ming ma’no.

Paskalning bir nichta shakl chizish operatorlari mavjud bo’lib, ular yordamida ekranga aylana, to’g’ri to’rtburchak kabi shakllarni hosil qilish mumkin. Paskalda chiziq rangini tanlash uchun Setcolor(rang), fon rangini tanlash uchun esa Setbkcolor( rang) operatorlaridan foydalaniladi. Bu yerda rang- butun sonli o’zgaruvchi yoki unga mos konstanta nomini ifodalaydi. Tanlangan rang joriy rang deyiladi. Agar avvaldan biror rang tanlanmagan bo’lsa u holda oq rang joriy rang hisoblanadi.

Line(X1,Y1,X2,Y2) protsedurasi (X1,Y1) koordinatali nuqtasi bilan (X2,Y2) koordinatali nuqtasini birlashtiruvchi joriy rangli kesma chizadi.

Circle(X,Y,R) operatori markazi (X,Y) nuqtada va radiusi R ga teng aylana chizadi.

1-misol. Uchlarining koordinatalari (10,200) va (630,200) bo’lgan ko’k rangli kesma hamda markazi (300,200) koordinatali nuqtada va radiusi100 bo’lgan yashil rangli aylana chizing. Fon sariq rangda bo’lsin.

Uses graph;

Var gd,gm:integer;

Begin Gd:= Detect; Initgraph(gd,gm, ‘’ );

Setbkcolor(yellow);

Setcolor(blue);

Line(10,200,630,200);

Setcolor(green); Circle(300,200,100);

Readln; Close graph;

End.

Ellipse(X,Y,BB,OB,XR,YR) protsedurasi markazi (X,Y) nuqtada, x va y o’qlari bo’yicha radiuslari mos ravishda XR va YR gat eng ellipsning BB burchagidan OB burchagigacha bo’lgan yoyini chizadi. Burchak gradus o’lchov birligida beriladi. XR=Yr bo’lsa, aylanani yoyi chiziladi.

Rectangle(X1,Y1,X2,Y2) operatori ekranda yuqori chap burchagi (X1,Y1) koordinatali va quyi o’ng burchagi (X2,Y2) koordinatali nuqtada bo’lgan to’g’ri to’rtburchak chizadi.

Masalan, Rectangle(10,10,200,100) operatori ekranda yuqori chap va quyi o’ng burchagi  mos ravishda (10,10) va(200,100) koordinatali nuqtalarda bo’lgan to’g’ri to’rtburchak chizadi.

2-Misol.

Uses graph;

Var gd,gm :Integer;

Begin

Gd:=Detect; Initgraph(gd,gm,’’);

Setcolor(4); Ellipse(300,200,0,135,100,50);

Setcolor(1); Rectangle(10,220300,400);

Readln;

Closegraph;

End.

Drawpoly(BS,KM)-protsedurasi siniq chiziq chizadi. BS siniq chiziqning sinish nuqtalari soni, KM- siniq chiziqning sinish nuqtalari koordinatlari berilgan massiv nomi.

Paskalning ichi bo’yalgan shakllar chizish operatorlari ham bor. Ular yordamida ichi turli usul va ranglarda bo’yalgan shakllar hosil qilish mumkin. Paskalda shakl ichini bo’yashning 12 xil usuli bor,ular 0 dan 11 gacha butun sonlar bilan ifodalanadi va SetFillStyle(usul,rang) operatori yordamida tanlanadi.

Masalan, SetFillStyle(2,4) operatorlaridan keyin  chiziladigan shakl ichi qizil rangli gorizontal chiziqlar bilan to’ldiriladi.

Bar(X1,Y1,X2,Y2) operatorlari ekranda yuqori chap burchagi (X1,Y1) va quyi o’ng burchagi (X2,Y2) koordinatali nuqtalarda bo’lgan, ichi joriy rang va usulda bo’yalgan to’g’ri to’rtburchak chizadi.

FillEllipse(X,Y,XR,YR) operatori markazi (X,Y) koordinatali nuqtada, X va Y o’qlari bo’yicha radiuslari mos ravishda XR va YR ga teng, joriy rang va usulda bo’yalgan ellips chizadi.

3-Misol.

Uses graph;

Var gd,gm :Integer;

Begin

Gd:=Detect; Initgraph(gd,gm,’’);

SetFillStyle(2,4);Bar(10,10,400,200);

SetFillStyle(1,9);Bar3D(100,200,350,400,50,true);

Readln; closegraph;

End.

Fillellipse(x,y,xr,yr) protsedurasi markazi (x,y)koordinatali nuqtada, x va y o’qlari bo’yicha radiuslari mos ravishda yr va xr gat eng, joriy rang va usulda bo’yalgan ellips chizadi.

4- misol.Uses graph;

Var gd,gm :Integer;

Begin

Gd:=Detect; Initgraph(gd,gm,’’);

Setcolor(red);

SetFillStyle(8,1); Fillellipse(320,240,200,100);

Readln; closegraph;

End.

Fillpoly(BS,KM)Joriy rang va usulda bo’yalgan ko’pburchak chizadi. BS- ko’pburchak burchaklari soni, KM- ko’pburchak uchlarining koordinatlari berilgan massiv.

5-misol.

Uses graph;

Var gd,gm :Integer; KM:Array[1..bs,1..2] of integer;

Begin

Gd:=Detect; Initgraph(gd,gm,’’);

Setcolor(red);

SetFillStyle(7,4);

Km[1,1]:=300; KM[1,2]:=10;

Km[4,1]:=400; KM[4,2]:=190;

Km[2,1]:=200; KM[2,2]:=80;

Km[5,1]:=300; KM[5,2]:=80;

Km[3,1]:=200; KM[3,2]:=200;

Km[6,1]:=300; KM[6,2]:=40;

Fillpoly(BS,KM);

Readln; closegraph;

End.

  1. Mustahkamlash.

Endi darslikdagi 1-mashqni bajaramiz. Dasturni tuzib kompyuterda natijani ko’rsatish

Uses graph;

Var gd,gm :Integer;

Begin

Gd:=Detect; Initgraph(gd,gm,’’);

Setcolor(14); Line(320,0,479,320);

Line(0,240,679,240);

Readln; closegraph;

End.

2-mashq.

End.

Uses graph;

Var gd,gm :Integer;

Begin

Gd:=Detect; Initgraph(gd,gm,’’);

Setcolor(14); Circle(320,240,90);

Circle(320,240,70); Circle(320,240,50); Circle(320,240,30);

End.

 

Darsda kam ball to’plagan bosh o’zlashtiruvchi o’quvchilar uchun  og’zaki savol –javob.

Topishmoqlar.

Dasturni boshlar biri,

Tugatar ikkinchisi.

Ekrandagi yozuvni,

Tozalar uchinchisi.

(begin, end, clrscr)

Shunday ikki operator,

Topish uchun bosh qotir.

Agar, bo’lsa, aks holda

So’zlari unda hozir.

(If, then, else  tarmoqlanuvchi operator)

Anagrammalar.

TUR DAS

RATOR OPE

DEM MO

YO NET ZI

GO RI TM AL

Mustaqil topshiriq. 3-mashq.

“Xotira mashqi”

O’quvchilar   hozir o’tilgan operator va tushunchalarni har bir guruh 1 tadan tez ta’riflaydi. (Ekranda slaydlar orqali tushunchalar namoyish qilinadi.)

 

t/r Tushuncha nomi Tahlili   ball
1 Line    
2 Circle    
3 Rectangle    
4 Bar    
5 Ellipse    
6 Fillellipse    
7 Draw poly    

 

  1. Darsni yakunlash . Darsga xulosa yasab, “Eng faol o’quvchi” va “Eng faol guruh” nominatsiyalarini e’lon qilamiz va maxsus sovg’alar bilan taqdirlaymiz.

Uyga vazifa 3-mashqni dasturini tuzish va Paskalning shakl yasash operatorlari haqida “Ziyo Net” tarmog’idan ma’lumot olib kelish.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Комментирование закрыто.